05:29 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.

Tashrif boshida Aleksandr Lukashenko Mustaqillik va ezgulik monumentiga hamda Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qoʻydi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi boshlandi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Belarus prezidenti kecha 12 sentyabrda Oʻzbekistonga yetib kelgan edi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovlar kutib olishdi.

Aleksandr Lukashenko Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qoʻyidi. Undan soʻng Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qoʻydi.  

Belarus prezidentining rasmiy kutib olish marosimi hamda tor va keng doiradagi muzokaralar 13 sentyabr kuniga rejalashtirilgan.

Mavzu:
Belarus prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi (13)

Yana video

Asosiy mavzular