Yetti xil qoidabuzarlikni "ko‘radigan" videokameralar ishlashi namoyish qilindi

Obuna bo‘lish
Bugungi kunda kuzatuv kameralari 7 turdagi qoidabuzarliklar aniqlaydi.

Toshkent shahar IIBB yetti xil qoidabuzarliklarni “ko‘radigan” videokameralar ishlashi namoyish qilindi.

Kuzatuv kameralari quyidagi qoidabuzarliklarni aniqlay oladi:

1. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi.

2. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi.

3. Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi.

4. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi.

5. Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi.

6. Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi.

7. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi.

Yangiliklar lentasi
0