Vladimir Putin Habib Nurmagomedovni g‘alaba bilan tabrikladi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin UFC chempioni Habib Nurmagomedov va uning otasi bilan uchrashdi.

Prezident uni g‘alaba bilan tabriklab, Konor Makgregor bilan yuz bergan mojaroga izoh berdi.

“Biz, o‘ylashimcha mamlakat ichida katta bir oilamiz. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, albatta chegaradan chiqish kerak emas, hech qanday sakrashlarga yo‘l qo‘yish kerak emas. O‘zaro hamjihatlikka erishish kerak. Biz katta oila. Albatta, oilada hamma narsa bo‘ladi, biroq biz hech qachon o‘zimizga chegaradan chiqishga yo‘l qo‘ymaymiz”, - dedi Putin Nurmagomedovga.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 6-oktabrda Las-Vegasda UFC 229 musobaqasida irlandiyalik yakkakurashchi Makgregor ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0