Yamalda ishchi kuchli shamolga qarshi otvertka bilan kurashmoqchi bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Rossiyaning Yamal o‘lkasida o‘ta kuchli shamolga qarshi otvertka bilan kurashgan ishchi haqida videolavha internetda keng tarqalib ketdi.

Rossiyaning Yamal o‘lkasida 21-noyabr kuni o‘ta kuchli dovul bo‘lgan edi. Ushanda shamol tezligi bir soniyada 22 metrga yetgandi. Bunday shamol hatto odamni ham uchirib ketishi mumkin. Buni bugungi videolavhamizda tomosha qilishingiz mumkin. 

O‘ta kuchli shamol ishchini oyoqdan yiqitishiga qaramasdan u o‘z yo‘lini davom ettirmoqchi bo‘ldi. Oyoqda turishga imkon bo‘lmagach u emaklab otvertkani muzga sanchib, yurishda davom etdi, lekin baribir shamolga kuchi yetmadi.

Tirishqoq ishchining hamkasabalari voqeani videoga olib, unga ruhlantiruvchi musiqa bilan ovoz berib, internetga tarqatishdi. Qisqa vaqt ichida videolavha juda ommaviylashib ketdi.  

 

Yangiliklar lentasi
0