O‘ta xavfli dam olish uslubi

Obuna bo‘lish
AQShlik sayyoh deltaplanda uchaman deb hayot bilan xayrlashishiga bir bahya qoldi.

Amerikalik sayyoh Shveysariyaga sayohati vaqtida deltaplanda sayr qilmoqchi bo‘ldi. U tajribali uchuvchi-instruktor bilan birga parvoz qilishi kerak edi. Lekin deltaplan havoga ko‘tarilgach,instruktor sayyohnini ko‘tarib turuvchi kamarlarni taqish esidan chiqib qolgani ma’lum bo‘ladi. Sayyoh deltaplanga faqatgina qo‘li bilan osilib turar edi. Deltaplan esa, aksiga olib bir zumda yerdan 1 km balandlikka ko‘tarildi.

Chorasiz qolgan sayyoh avval instruktorning bo‘yniga, keyin uning yelkasiga, keyin oyog‘iga osilib parvozini davom ettirdi. Deltaplan yerga yaqn kelganda esa - pastga sakradi. Oqibatda uning faqat qo‘l so‘yagi sindi xolos...

Floridalik sayyoh keyingi safar otpuskasida ham deltaplanda uchish niyati borligini aytmoqda, chunki u birincha parvozdan bahra ola olmagan emish...

Yangiliklar lentasi
0