Alisher Usmonov Putinga butun o‘zbek xalqi nomidan rahmat aytdi

Obuna bo‘lish
Alisher Usmonov Vladimir Putinga O‘zbekiston xalqi va prezidenti nomidan rahmat aytdi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Kecha Kremlda bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida Alisher Usmonov Vladimir Putinga samimiy minnatdorlik so‘zlarini aytdi.

“Ollohga rahmat, besh yil o‘tib men yana sizga o‘zimning minnatdorligimni bildirmoqdaman. Bu safar men nafaqat o‘z nomimdan, balkim butun Qilichbozlik federatsiyasi va boshqaruvim ostida bo‘lgan ikkita ulkan xolding xodimlari nomidan, qolaversa men tug‘ilib o‘sgan O‘zbekiston fuqarolari, o‘zbekistonlik vatandoshlarim va hurmatli prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan, birodarona qo‘llab-quvvatlashingiz uchun - sizga katta rahmat aytmoqchiman”, - dedi Alisher Usmonov.

27 noyabr kuni Alisher Usmonov va Irina Viner-Usmonova Rossiya prezidenti Vldimir Putin qo‘lidan Vatan oldidagi xizmatlari uchun III va II darajali ordenlari olishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0