17:36 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Vladimir Putin Rossiya dollardan uzoqlashishga majbur boʻlayotganligi, biroq buni keskin tarzda emas va oʻz iqtisodiyotiga zarar qilmasdan amalga oshirish zarurligini aytdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya zovet!” forumida dollar masala boʻyicha berilgan savolga hazil tarzda javob berdi.

“Bizda dollardan voz ketish maqsadimiz yoʻq, dollar oʻzi bizdan ketmoqda. Tegishli qaror qabul qilayotganlar oʻz oyogʻiga emas, balki sal teparoqqa oʻq otishmoqda”, - deb taʼkidladi Putin.

Prezident soʻzlariga koʻra, dollardagi beqaror hisob-kitoblar dunyoning koʻplab iqtisodiyotlarida mustaqil hisob-kitob tizimlarini topish istagini keltirib chiqarmoqda.

Putin Rossiya iqtisodiyoti qiyinchiliklarga moslashib olganligi va davlat rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlari yaratayotganligini aytib oʻtdi.

Yana video

Asosiy mavzular