Zo‘ravonlik va qurbonlikka qarshi: Afrikada albinoslar o‘rtasida go‘zallik tanlovi o‘tkazildi

Obuna bo‘lish
Afrika hududlarida bu kabi odamlarning tana qismlari boylik keltirishiga ishonishadi. Natijada ushbu e’tiqodlar ko‘plab qurbonliklarga sabab bo‘ladi.

Afrika albinoslari go‘zallik ko‘rik tanlovini o‘tkazishdi. Ishtirokchilarning hammasida tug‘ma teri, soch va ko‘z ranglariga javob beruvchi pigment melatoni yetishmaydi.

Albinizmga duchor bo‘lgan kishilarga zo‘rovonlik ko‘rsatish va ularning haq-huquqini cheklab qo‘yish muammolariga diqqatni jalb qilish – tanlovning maqsadi.

“Biz barcha albinoslar duchor bo‘luvchi muammolar tufayli Sharqiy Afrikaning bir necha davlatlari – Keniya, Uganda va Tanzaniyani birga to‘plashga qaror qildik”, - deydi tanlov tashkilotchisi Isaak Mvaura.

Uning so‘zlariga ko‘ra, diniy qurbonlik qilib o‘ldirish – dolzarb mavzular qatoridan o‘rin olgan. Ushbu davlatlar aholisi, albinoslarning tana qismlari boylik keltirishiga ishonishadi.

Yangiliklar lentasi
0