Futbol yulduzi Roberto Karlos o‘zbekistonliklarga video orqali murojaat qildi

Obuna bo‘lish
Jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Roberto Karlos Toshkentga bo‘lajak tashrifi oldidan o‘zbekistonliklarga video orqali murojaat qildi.

Jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘lgan Roberto Karlos Toshkentga tashrifidan oldin o‘zbekistonliklarga video orqali murojaat qildi.

Roberto Karlos 28 yanvar kuni Toshkentga tashrif buyuradi. U tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o‘tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.

“Salom, o‘zbekistonliklar! Dushanba kuni sizlar bilan bo‘laman, maksimal darajada vaqtni unumli o‘tkazishga umid qilaman. Ishonamanki, siz ham uchrashuvdan juda bahramand bo‘lasiz”, - dedi futbolchi.

Shuningdek, Roberto Karlos o‘zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida tashkil qilingan 10 daqiqadan iborat 2 taymli o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. 
Murojaatni to‘liq Sputnik O‘zbekiston lavhasida tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0