Moskvada 16 avtomobil ishtirokida avariya sodir bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Moskva viloyatidagi Simferopolskaya trassasida qor bo‘roni tufayli 16 avtomobil to‘qnashib ketdi.

kecha 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan kuchli qor bo‘roni tufayli Moskva viloyatidagi Simferopolskaya trassasida 16 avtomobil to‘qnashib ketdi. Avariya oqibatida yo‘l butunlay yopilib qoldi. Ushbu avariya oqibatlarini bartaraf etish uchun bir necha soat vaqt kerak bo‘ldi.

YPX xabariga ko‘ra, jami ushbu avariyada 16 avtomobil ishtirok etgan va ikki nafar fuqaro jarohatlangan. Avariya yomon ob-havo sharoiti tufayli sodir bo‘lgan.

Quyida yana bir guvoh tomonidan olingan videolavhani tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0