Volga “GAZ-21” avtomobillari Monte-Karlo poygasi uchun maxsus tayyorlandi

Obuna bo‘lish
Moskvada ikkita Volga GAZ-21 avtomobillari Monte Karlo tarixiy avtomobillar poygasida ishtirok etish uchun maxsus tayyorlandi.

Bugun 30-yanvar kuni Fransiya Janubdagi Monako qirolligida joylashgan Monte-Karloda 22-Monte Karlo tarixiy avtomobillar poygasi boshlanadi. Unda ishtirok etish uchun rossiyalik avtomobil sporti ishqibozlari ikkita Volga “GAZ-21” avtomobillarini maxsus tayyorlashdi.

Rallye Monte-Carlo Historique, ya’ni Monte Karlo tarixiy avtomobillar poygasida tarixiy avtomobillar Yevropaning 6ta davlati hududi orqali 3000 km masofani bosib o‘tishi kerak.

Poygada ishtirok etish uchun, ushbu modeldagi avtomobil oldingi 1960-1970  yillardagi poygalarda ishtirok etgan bo‘lishi kerak. Bu degani avtomobil ishlab chiqarilganiga kamida 40-50 yil to‘lgan bo‘lishi kerak.

Aytish joizki, Sovet ittifoqida ishlab chiqarilgan Volga, Jiguli va Moskvich avtomobillari ham Monte-Karlo poygasida ishtirok etish huquqiga ega.

Ikkinchidan, avtomobil kuzovi, dvigateli va yana bir necha ko‘rsatgichlari texpasportga mos quvvatga ega bo‘lishi  kerak.

Uchinchidan, avtomobil zamonaviy xavfsizlik karkasi, o‘t o‘chirish tizimiga ega bo‘lishi kerak.  

Odatda Monte-Karlo poygasi yanvar oxirida, fevral oyi boshlarida bo‘lib o‘tadi. Unda butun dunyoda 300ga yaqin avtomobillar ishtirok etadi. 

Yangiliklar lentasi
0