00:24 19 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
© Ruptly .

"Odamlar orasida 2 kundan ortiq yashay olmayman", - deydi Timofey.

Rossiyaning Yoqutiston oʻlkasida yashovchi Timofey Menshikov nomli kishi 30 yildan beri odamlardan uzoqda yolgʻizlikda yashaydi. U iti va mushugi bilan bir oʻzi yogʻoch va tuproqdan yasalgan uychada yashaydi.

Timofey asosan oʻzi tutgan baliq va oʻrmon jonzotlari bilan ovqatlanadi. Tanish ovchilar unga har zamonda un, moy, tuz va choy keltirib berishadi. Baʼzida badiiy kitoblar ham olib kelishadi.

Aytishlariga qaraganda, Timofey Menshikov bolalar uyida katta boʻlgan. Voyaga yetganidan keyin oʻz aka-singillarini bir necha yil davomida izlab topa olmagan. Shundan soʻng u yolgʻizlikda yashashga qaror qilgan.

Yana video

Asosiy mavzular