19:20 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36

Internet tarmogʻida pop-musiqa qiroli Maykl Jekson soʻroq qilingan va shu vaqtgacha hech qayerda eʼlon qilinmagan qoʻshiqchining pedofiliyaga aloqadorligi borasidagi soʻroq videosi paydo boʻldi. Soʻroq vaqtida u shuningdek, ishga taalluqli boʻlmagan arizalarni ham oʻqib eshittiradi

Video 1996 yil 1 mart sanasida Nyu-Yorkdagi Four Seasons otelida suratga olingan, rolik britaniyaning The Daily Mail nashri tomonidan ommaga eʼlon qilingan.

Xabar qilinishicha, bu afsonaviy artistning voyaga yetmagan Jordan Chendler, Brett Barns va "Uyda yolgʻiz" filmi yulduzi Makoley Kalkinlarni tahqirlaganligi ehtimoli bilan soʻroq qilingani muhrlangan yagona videoyozuvdir. Bolalarning hammasi Jeksonning "Neverlend" ranchosida tez-tez mehmon boʻlganlar.

Video-yozuvda oʻsha vaqtda 37 yoshda boʻlgan mashhur xonanda pedofiliya (bachabozlik) toʻgʻrisidagi savollarga javob berishga majbur boʻlgan. U asabiylashib, gap orasida koʻp kuladi.

Jekson barcha ayblovlarni rad etadi va odamlar unga tuhmat qilish uchun turli uydirmalarni toʻqishni bas qilishmayotganini aytadi.

"Sen haqingda aql bovar qilmas voqealarni toʻqib chiqarishganida, oʻzing haqingda haqiqatni gapirishni, rost intervyu berishni juda-juda istaysan. Oʻzim haqimda bor haqiqatni yozishni istardim. Odamlar menga tuhmat qilishdan toʻxtashmayapti, qolganlar esa bunga ishonmoqda. Inson bilan yuzma-yuz gaplashmay turib, u haqida xulosa chiqarmang", - deydi Jekson.

Maykl shuningdek, oʻz arizasidan bir nechta iqtiboslarni oʻqib berib, oʻsha vaqtda oʻzi haqida yurgan afsonalarga oydinlik kiritadi.

Xususan, terisini oqartirmaganini va gey emasligini aytadi.

Soʻroq yakunida esa yuristlar tomonidan berilgan noqulay savollarga Iso paygʻambardan iqtibos keltiradi.

"Iso aytardiki, bolalarni yaxshi koʻring va ularga oʻxshashga intiling. Xuddi ular kabi begʻubor, toza va toʻgʻrisoʻz boʻling. U hamisha bolalar qurshovida yurgan. Meni ham xuddi shunday tarbiyalashgan va shu bois, men bir umr ularga oʻxshashga harakat qilaman", - deydi Jekson video yakunida.

Maykl Jekson — dunyo tarixidagi eng muvaffaqiyatli xonanda hisoblanadi. Ginnes rekordlar kitobiga 25 marotaba kiritilgan va 15 marta "Gremmi" mukofotini olgan. 2009 yilda 50 yoshida dorilar peredozirovkasidan hayotdan koʻz yumgan.

Yana video

Asosiy mavzular