23:34 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15

Istanbulning Kartal tumanida sakkiz qavatli bino qulashi oqibatida kamida 3 kishi halok boʻldi, 12 tadan ziyod kishi esa turli darajadagi jarohat oldi.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, qutqaruvchilar vayronalar ostidan omon qolgan 5 yoshli qizchani chiqarib olishdi. Qizcha plitalar orasida 18 soat qolib ketgan. Uning ahvoli haqida maʼlumot oshkor qilinmayabdi.

Qulab tushgan binoda 14 ta xonadon istiqomat qilgan. 43 kishi roʻyxatdan oʻtgan.

Shuningdek, vayronalar ostida kamida 5 ta avtomobil qolib ketganligi aytilmoqda.

Hozirda qutqaruvchilar vayronalarni tozalab, tekshirishmoqda. Qutqaruv operatsiyasida turli idoralarning 500 yaqin xodimlari ishtirok etmoqda. Turkiya prokuraturasi hodisa yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Yana video

Asosiy mavzular