11:41 25 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
© Sputnik .

Afgʻoniston shimolidan urush tufayli Qobulga qochib kelgan oʻzbek oilasi oʻzining ogʻir hayoti haqida Sputnik muxbiriga soʻzlab berdi. 

“Men Faqirmamad Najmiddin Tahor viloyati Xoʻjai Xorlikman. U yerda hayotimiz yaxshi edi. oʻzimizning yerimiz, mol-holimiz, uyimiz, koʻrpa toʻshagimiz – hamma narsamiz bor edi. Ovvora emas edik, lekin toliblar keldi, urush boʻldi, biz majbur boʻlik Qobulga kelishga.

Bu yerda iqtisodimiz zaif, hech narsamiz yoʻq, mana shu hovlida ijaraga turamiz. Mana bu koʻrpa toʻshaklarni qoʻshnilar berishdi”, - deydi oila boshligʻi.

"Bu yerda har oy 5000 afgʻoni ijara toʻlaymiz. Men mardikor ishlab kuniga 150-200 topaman. Bu yerda hech kim bizning holimizni soʻramaydi, namozga ham chaqirmaydi. Urush boʻlmaganda oʻz yerimizga qaytar edik, Qobulda bir kun ham qolmagan boʻlar edik", - deydi Jumaxon ismli yana bir oila aʼzosi. 

"Bir akamni toliblar oʻldirdi. Uning ikkita oʻgʻli bir qizi qoldi. Urush janjal tufayli bir akam Eronga qarab ketdi, yana biri Pokistonga ketdi", - deydi Aziza ismli ayol. 

Sputnik tayyorlagan videolavhada Afgʻoniston shimolidan urush tufayli Qobulga majburan koʻchib kelgan oila aʼzolarining hikoyalarini tinglang.

Yana video

Asosiy mavzular