Tungi drift qimmatga tushdi: 14 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi

Obuna bo‘lish
Toshkentda bir guruh yoshlar Ucell binosi oldidagi “drift” uslubida mashina haydashni namoyish qilishdi.

Toshkent shahrining bir guruh yoshlari Ucell binosi oldidagi maydonchada to‘planishgan. U yerda haydovchilarning ayrimlari “drift” uslubida mashina haydashni namoyish qilishgan.

Yoshlarning ushbu mashg‘uloti tasvirga olingan videolavha ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan. Bundan xabar topgan IIBB poygachilarning barchasini topib ularning 14 ta avtomobilini jarima maydonchasiga joylashtirgan.

IIBB xabariga ko‘ra, haydovchilardan besh nafarida majburiy sug‘urta polisiga ega bo‘lmagan, 4ta  transport vositasining oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilgan bo‘lgan. Yana bir haydovchi boshqa shaxsga tegishli transport vositasini boshqarish uchun ishonchnomaga ega bo‘lmagan, boshqa bir haydovchining haydovchilik guvohnomasi va taloni yonida bo‘lmagan. Yana bir haydovchida transport vositasining pasporti bo‘lmagan.

Yangiliklar lentasi
0