Internetda AQSh harbiy texnikasi yo‘q qilinishi tasvirga olingan video paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Isonchilar Saudiya Arabiston milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan AQShda ishlab chiqarilgan 3 ta LAV harbiy zirhli mashinalarini yo‘q qilishdi.

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Internetda isonchi-xusitlar tomonidan Saudiya Arabistonidagi Najran provinsiyasi qo‘lga olingan harbiy texnika yo‘q qilinishi tasvirga olingan video paydo bo‘ldi.   

Isonchilar Saudiya Arabiston milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan AQShda ishlab chiqarilgan 3 ta LAV harbiy zirhli mashinalarini yo‘q qilishdi.

Yamanda 2014-yildan beri hukumat va “Ansar Alla” shiyalar harakati isonchi-xusitlar o‘rtasida harbiy-siyosiy mojaro davom etmoqda.  

Hukumat tarafida 2015-yil mart oyidan boshlab Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari harbiy koalitsiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

2018 yil dekabrda Yaman mojarosi ishtirokchilari ilk bor Shvetsiyada BMT shafeligida muzokara o‘tkazishdi. Unda muhim kelishuvlarga erishildi, xususan asirga tushganlarni almashtirish, Qizil dengizda joylangan Xodeyde port-shahrida jang to‘htatish va uni BMT nazoratiga berishga kelishildi.

Yangiliklar lentasi
0