O‘zbekistonlik aktor burger tufayli “janjal ko‘tardi”

Obuna bo‘lish
Internetda aktor Muhammadiso Abdulxairov qahvaxonalardan birida burger tufayli “janjal ko‘targani” aks etgan video tarqaldi.

Video mobil telefon kamerasiga olingan. Unda aktor o‘zi o‘tirgan joydan birdaniga turib, qahvaxona xodimlarini so‘roq-savolga tutayotgani aks etgan.

“Kim bu chizburgerni tayyorladi? Bosh oshpaz kim o‘zi?,” - deya dag‘dag‘a qilgan aktor.

Burgerni kim tayyorlaganini bilgach esa, “Gap yo‘q, zo‘r tayyorlabdi” deb kulib, uni maqtab qo‘yadi.

Kafega kelgan mehmonlarga aktorning hazili ma’qul kelib, ular qarsak chalishadi.

Yangiliklar lentasi
0