08:56 26 Mart 2019
Efir
  • RUB129.09
  • EUR9488.13
  • USD8378.04

Avtomobil ogʻirligi 24 tonna. U hajmi 15 litr, quvvati 600 ot kuchiga ega  boʻlgan dizel dvigateli yordamida harakatlanadi.

Avtomobillarga qiziquvchi BAAlik shayx Xamad bin Xamdan al Naxayyan koʻpchillikka yaxshi tanish. Uning garajida 100ga yaqin gʻayrioddiy avtomobillar toʻplangan, deb yozadi Car.ru nashri.

Bu safar shayx uzunligi 11 metrli usti ochiq yoʻltanlamas avtomobil sohibi boʻldi. Avtomobil amerika harbiy yuk avtomobili Oshkosh M1075 asosida yasalgan boʻlib, uning 5ta oʻqi va 10ta gʻildiragi bor. Avtomobil ogʻirligi 24 tonna. U hajmi 15 litr, quvvati 600 ot kuchiga ega  boʻlgan dizel dvigateli yordamida harakatlanadi.

BAA dizaynerlari tomonidan yasalgan avtomobil tashqi koʻrinishi 40 yillar avtombillarini eslatadi. Old va orqa faralari esa amerika avtomobillaridan olingan.

Avtomobil shayxga necha pulga tushganini tasavvur qilish ham qiyin. Ehtimol ushbu pulga butun boshli avtopark sotib olsa boʻlar, lekin kollektsioner uchun aynan hech kimda yoʻq noodatiy avtomobil qadrlidir.

Ha aytmoqchi, shayx bin Xamdan al Naxayyan garajida undan tashqari yana bir necha gʻalati avtomobillar bor: big fut gʻildirakli Mercedes W123, ulukan Willys, kengligi 3ta avtomobilga teng Jeep, 8 balonli Nissan Patrol, ov qilish qulay boʻlishi uchun maxsus yasalgan eshiksiz Rolls Roys, yoʻltanlamas Ford Mustang va boshqalar bor.  

Yana video

Asosiy mavzular