02:40 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34

Dunyoda eng baland bino - Dubaydagi Burj Xalifani yashin urishi tasvirlangan video paydo boʻldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Dubaydagi balandligi Burj Xalifa osmonoʻpar binoni yashin urishi tasvirlangan video paydo boʻldi. Uni Dubay voris shaxzodasi Shayx Xamdan bin Muhammad bin Rashid Al-Maktum joylashtirgan.

Eslatib oʻtamiz, Burj-Xalifa (Xalif minorasi) - dunyodagi eng baland bino hisoblanadi. Uning balandligi 828 metr boʻlib, bino 2010 yilda ochilgan. Binoda 163 qavat bor. Binoning tepasida uzunligi  180 metr boʻlgan shpil (nayzasimon temir) oʻrnatilgan.

Bino uchidagi uzun shpil  antennalar oʻrnatish gromootvod vazifasini bajaradi. Gromootvod – yashin zaryadini elektr simlari orqali yerga oʻtkazib, binoni yongʻindan himoya qiladi.

Aytish joizki yashin elektr zaryadini yerga oʻtkazuvchi qurilmalar barcha baland binolarda oʻrnatiladi. Wikipedia xabariga koʻra, misdan yasalgan xuddi shunday qurilmalar hattoki qadimiy Misr va Quddusdagi ibodatxona va minoralarida ham boʻlgan ekan.

Yana video

Asosiy mavzular