15:04 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30

Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 14 aprel kuni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi.

Bugun Koʻksaroy qarorgohida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi, shundan soʻng ikki davlat rahbari jurnalistlar oldida qoʻshma bayonot bilan chiqish qildilar.

Prezident Mirziyoyev oʻz nutqi avvalida Tokayevni prezident etib tayinlangani bilan tabriklab, birinchi davlat tashrifini aynan Oʻzbekistondan boshlaganida ramziy maʼno borligini va buning uchun Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevdan minnatdorligini bildirdi.

"Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalariga katta ahamiyat qaratdik. Qozogʻiston va Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy sohada yetakchi pozitsiyani egallab kelmoqda. Mintaqa savdo aylanmasining 50%i bizning hissamizga toʻgʻri kelmoqda. Bu yuqori koʻrsatkichni ushlab turish uchun biz turli choralarni qoʻllab kelamiz va bundan keyin ham qoʻllaymiz", - dedi Tokayev.

Ikkala tomon ham 2020 yil yakuniga kelib, ikkiyoqlama savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazishni oʻz oldilariga maqsad qilib olganliklarini bildirdilar.

Tokayevning Oʻzbekistonga tashrifi davomida boʻlib oʻtgan muzokaralarda transport, logistika, sanoat kooperatsiyasi sohalarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Yana video

Asosiy mavzular