Notr-Dam de Pari olov ichida

Obuna bo‘lish
Olov Parijdagi Bibi Maram soborining minorasi, soati va tomini yo‘q qildi.

Kecha Parijda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada Notr-Dam de Pari sobori qisman kuyib kul bo‘ldi. Bir necha soat davom etgan yong‘in Bibi Maram soborining minorasi, soati va tomini yo‘q qilgan. Soborning ichidagi yog‘och qurilmalari ham kuyib kul bo‘lgan. 

Dastlabki xabarlarda aytilishiga ko‘ra, yong‘in soborda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Ayni damda politsiya tekshiruvlar o‘tkaza boshlagan. 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron o‘t o‘chiruvchilarga minnatdorlik bildirib, Notr-Dam de Pari albatta qayta tiklanishini va buning uchun mablag‘ yig‘ish ertadadanoq boshlanishini ma’lum qilgan. 

Notr-Dam de Pari 12-14 asrlarda barpo etilgan bo‘lib u Eyfel minorasi kabi Parij timsollaridan biri edi. har yili uni tomosha qilish uchun millionlab turistlar kelar va yana millionlab kishilar uni tomosha qilishni orzu qilishar edi.  

Yangiliklar lentasi
0