Shri-Lankada qonli Pasxa bayrami...

Obuna bo‘lish
Bugun, katolik Pasxa bayrami kuni,  Shri-Lankada 6ta terakt uyushtirildi, ularda 187 kishi qurbon bo‘ldi.

Bugun, Shri-Lankaning 3ta cherkovi va 3ta ufuzli mehmonxonalarida uyushtirilgan qonli teraktlarida 187 kishi qurbon bo‘ldi, 360 dan ortiq fuqarolar jarohatlangan. Qurbonlar orasida 35 kishi xorijiy fuqarolar. 

Teraktlar poytaxt Kolombo, Negombo va Battikaloa shaharlarida uyushtirilgan. Shu vaqtga qadar teraktlarni qaysi tashkil uyushtirgani ma’lum emas. Hozircha hech qanday terrorchi guruh ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmagan. 

Shri-Lanka, 1972-yilga qadar rasmiy nomi Seylon bo‘lgan, Hindiston Janubi-sharqida joylashgan ulkan orol. Aholisi 21 mln kishi. Ulardan 70 % - buddistlar, 9,7 % — musulmonlar, 7,45 % — nasroniylar.

Yangiliklar lentasi
0