23:14 29 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33

Kuchli yogʻingarchilik oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar natijasida poytaxt avtobuslarni suv bosdi.

Oʻzbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab videolarni joylashtirishdi.

Avtobus salonlarini suv bilan toʻlishi video tasvirga olingan.

Yogʻingarchiliklardan soʻng shahar koʻchalari suvga toʻlgan, yoʻllar boʻylab avtomobillar, avtobuslar “suzishi” koʻringan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati taʼkidlashicha, suv toshqinlarining sabablaridan biri - bu drenaj tizimlariga tashlangan chiqindilardir.

Hokimlik vakilining soʻzlariga koʻra, 40 dan ortiq hududida yogʻingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, ushbu tadbirlar uchun 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarlari boshchiligida shahar shtabi tashkil etilib, tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilot rahbarlarining tunu-kun uzluksiz navbatchiligi yoʻlga qoʻyildi.

Yana video

Asosiy mavzular