22:23 29 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33

Ukrainalik fuqaro oʻz itiga “I love you” deyishni oʻrgatdi.

Youtubeda joylashtirilgan ushbu videolavha juda tez omaviylashib bormoqda. Tez orada uni  minglab kishilar tomosha qilishdi. Ukrainalik, Aleksandr Bondarenko ismli fuqaro oʻzining Flesh laqabli itiga turl soʻzlarni talaffuz qilishni oʻrgatmoqda.

Itini gapirishga oʻtgatish uchun u mazali yeguliklardan foydalanadi. Egasi qoʻlida yegulikni koʻrgan zamon it “I love you” yoki “Vova” soʻzlarini aytishgan tayyor. 

Ha, aytmoqchi, AQShda Fleshning juda kuchli raqibi bor. U yerda Mishka ismli it hatto studiyada qoʻshiqlar yozish bilan shugʻullanadi.

Aytish joizki, Internetda coʻnggi paytlarda, hayvonlar bilan bogʻliq videolavhalarning ommaviyligi keskin oshib bormoqda. Xususan, eng ommaviy videolavhalar reytingida birinchi oʻrinda pop-yulduzlari qoʻshiqlariga oligan kliplar, ikkinchi oʻrinda bolalar haqidagi videolar boʻlsa, uchinchi oʻrinda - hayvonlar bilan bogʻliq turli videolavhalar oʻrin olgan.

Bunga sabab - hayvonlarning har bir harakatida mujassam boʻlgan samimiylik, begʻuborlik va cheksiz muhabbat boʻlsa ajab emas. Insonlarda esa ushbu xususiyatlar tobora kamroq uchrayotgani esa - achinarlidir. 

Yana video

Asosiy mavzular