22:38 29 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
© Ruptly .

“Doʻst kulfatda bilinadi”, degan maqol barchamizga maʼlum . Biz hikoya qilmoqchi boʻlgan voqeaga bu juda mos keladi.

Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida istiqomat qiluvchi Yegor Tarasenko doʻsti uchun nodir protez yaratdi.

Ivan Luchanin bolalik davrida baxtsiz hodisa tufayli koʻrsatgich barmogʻi suyagidan ayrilib qolgan.

Yegor Tarasenko qadrdon doʻstiga yordam berishga qaror qilib, u uchun nodir barmoq protezini ixtiro qiladi. Doʻsti ixtiro qilgan protez Ivanning hayotini ancha yengillashtirdi. Endilikda Yegor Ivan uchun protez modelini takomillashtirish ustida ish olib bormoqda. Agar shunday protez yaratilsa, imkoniyati cheklangan kishilar uchun uzoq kutilgan ixtiro boʻladi.

Xulosa oʻrnida “Ming soʻming boʻlguncha, bitta doʻsting boʻlsin”, degan maqolni keltirishni joiz deb bildik.  

Yana video

Asosiy mavzular