Bunaqasi hali bo‘lmagan: O‘zbekistonda yorqin moto va avtoshou o‘tkazildi

Obuna bo‘lish
NEXT savdo-ko‘ngilochar markazining avtoturargohida katta tadbir o‘tkazildi.

Toshkentga Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan baykerlar kelishib, o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.

Motoshou boshlanishidan avval Bo‘ka mehribonlik uy tarbiyalanuvchilari, xususan “Ti super!” loyihasi qatnashchilari chiqish qilishdi.

CSS xayriya jamg‘armasining vakolatxonasi rahbari Stanislav Moshkovskiy teleshouda ishtirok etgan Anastasiya Molokova, Durdona Irgasheva va Monika Dodarbekovaning ishtirokini sifatli yoritgani uchun Sputnik O‘zbekiston agentligiga minnatdorlik bildirdi.

Tadbir tashabbuskori - O‘zbekiston motosiklchilar uyushmasi, tashkilotchilar - MSS PATRIOT, MSS FALCON, RC VTWIN motoklublar va "Motoberloga" motojamiyati hamda Toshkent shahar IIBB, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0