Qudratli tanklar bellashuvi - eng qiziqarli lavhalar

Obuna bo‘lish
“Chirchiq” poligonida o‘zbek armiyasi o‘z qudratini namoyish qildi.

Tadbirda 1,5 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, 100 ga yaqin Ikkinchi jahon urushi yillaridagi va bugungi qurollanishda turgan zamonaviy harbiy texnika va 15 dan ziyod vertolot ishtirokida parad o‘tkazildi.

Harbiy parad yakunlangach, tank biatloni musobaqasining so‘nggi bellashuvi boshlandi.

T-62, T-64 va T-72 tanklari “Qudratli texnikalar jangi”ni o‘tkazishga mo‘ljallangan va xalqaro standartlarga mos bo‘lgan maxsus maydondan start oldi.

Musobaqa ishtirokchilari sun’iy hovuz, minalashtirilgan va manyovr bajarish maydoni, tankka qarshi chuqur, qo‘rg‘on, eskarp (tankka qarshi devor), kolleyali ko‘prik maketi va boshqa to‘siqlardan iborat umumiy uzunligi 4200 metr bo‘lgan masofani bosib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0