“Yuventus” akademiyasi ochilish marosimining yorqin lahzalari – video

Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida Italiyaning mashhur “Yuventus” futbol klubi akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Yuventus” akademiyasi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bazasida tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar oliygoh hududida o‘tkaziladi. Bu yerda bolalarga sifatli ta’lim berish uchun barcha sharoitlar: sport majmuasi, futbol maydonlari, hovuz, trenajor zali va  diyet-qahvaxonalar mavjud.

Akademiyaning asosiy vazifasi – bolalarga ta’lim berish, nafaqat professional futbolchilarni, balki jamiyatning munosib a’zolarini tarbiyalashdan ham iborat. Shuning uchun o‘quv muassasida tarbiyalanuvchilarning ham jismoniy tayyorgaligiga ham umumiy rivojlanishiga katta e’tibor qaratiladi.

Har bir tarbiyalanuvchi uchun eng muvofiq dastur tanlab olinadi. Loyiha doirasida Turin shahriga borish imkoniyatini ko‘zda tutilgan. U yerda o‘zbekistonlik tarbiyalanuvchilar boshqa jahon klublari akademiya futbolchilari bilan kuch sinashishlari mumkin bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0