14:13 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92
Fb/Vika Falina

9 may kuni Toshkentda tank uslubida bezatilgan Spark avtomobili paydo boʻldi.

Toshkent koʻchalarida 9 may kuni Spark-tank paydo boʻldi. Ushbu haqidagi videoni Facebook ijtimoiy tarmogʻiga Mr.Doppi nikli foydalanuvchi joylashtirdi.

Videolavhada tank koʻrinishida bezatilgan Spark avtomobili aks etgan. Uning orqa tomoni "Spasibo dedu za Pobedu!" yozuvi bilan bezatilgan. Avtomobilda shuningdek 9 mayga bagʻishlangan boshqa bezaklar ham bor. Shuningdek Sparkning ustida 2 dona Oʻzbekiston bayrogʻi ham joylashtirilgan. 

Toshkentda bunday avtomobillar kamdan-kam uchrasada, Rossiya, Belarus hamda Qozogʻiston shaharlarida Gʻalaba kuniga atab bezatilgan avtomobillar juda koʻp boʻladi.

Odatda ushbu avtomobilllarda Ikkinchi Jahon urushi davrida ommaviy boʻlgan "Za Pobedu!", "Na Berlin!", "Na Zapad!" kabi yozuvlar boʻladi. Germaniyada ishlab chiqarilgan avtomobillarda, baʼzan, hazilomuz "Trofeynыy" yoki "Trofey iz Berlina" degan yozuvlarni ham uchratish mumkin. Shuningdek avtomobillar tank minorasi va pushkasi hamda soxta pulemyotlar bilan ham bezatilishi mumkin. 

Yana video

Asosiy mavzular