Moskva muftiysi: “Musulmonlar hamisha boshqalarga namuna bo‘lishi lozim” – video

Obuna bo‘lish
Muftiy Ildar Alyautdinov barcha musulmonlarni ulug‘ ayyom – muborak Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Rossiyada Ramazon hayiti 4-iyun kuni nishonlandi. O‘rta Osiyoning aksariyat mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ushbu ulug‘ ayyom bugun, 5-iyun kuni shodu xurramlik va ko‘tarinki kayfiyatda keng nishonlanmoqda.

O‘zbekistonda Ramazon hayiti nishonlanmoqda - fotoreportaj

“Nurafshon Madinadan ulug‘ ayyom Id al-Fitr bilan tabriklayman. Rossiya va Moskva musulmonlari nomidan har biringizni, xususan, Sputnik kanali tomoshabinlarini tabriklayman”, - dedi Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov  

Muftiy Ramazon oyi ortda qolgani, lekin musulmonlar oldida ko‘plab vazifalar turgani qayd etdi. Shuningdek, u oldiga qo‘yilgan vazifalarni ko‘rish va ularni ijro etish naqadar muhimligi ta’kidladi.

“Biz musulmonlar uchun hamisha va har yerda boshqalarga namuna va ibrat bo‘lishimiz o‘ta muhim, toinki boshqalar bizning siymomizda payg‘ambar Muhammad s.a.v. tomonidan va muqaddas Qur’onda qayd etilgan munosib shaxsni ko‘rishsin”,  - dedi muftiy.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ham o‘z tabrigida ushbu bayram ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari namunasi ekanligini, oila, elu yurt bilan birgalikda qutlug‘ va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytilishini qayd etdi.

Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Shuningdek, davlatrahbari Imom Buxoriy hazratlaridan rivoyat qilingan hadisi sharifdan iqtbos keltirgan: “Chinakam musulmon o‘ziga ravo ko‘rgan barcha yaxshiliklarni boshqa insonlarga ham ravo ko‘radi”.

Yangiliklar lentasi
0