“Kichkintoy Tramp” va noroziliklar: London AQSh prezidentini qanday kutib oldi - video

Obuna bo‘lish
Kuni kecha Trampning Buyuk Britaniyaga amalga oshirilgan davlat tashrifi chog‘ida Londonda minglab odamlar norozilik namoiyshiga chiqdi.

Chorshanba kuni AQSh prezidenti Buyuk Britaniyaga davlat tashrifini yakunladi.

Bundan avval AQSh prezidenti tashrifi munosabati bilan Londonda minglab kishilar ishtirokida norozilik mitinglari o‘tkazildi.

4 iyun kuni erta tongda odamlar Trafalgar maydonida to‘plandi. Keyinchalik u yerdan londonliklar Uaytxoll orqali Parlament maydoniga o‘tdi.

Namoyishchilar Trampning migrantlar va Yaqin Sharq bo‘yicha siyosatiga qarshi shiorlarni baqirib aytishdi.

Miting ishtirokchilari so‘zlariga ko‘ra, “qarshilik karnavaliga” o‘n minglab odam chiqdi. Hatto Qirolicha  Yelizaveta II an’anaviy dasturini o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi.

Namoyishchilar “Tramp kichkintoy” ulkan sharini uchirdi.

Yangiliklar lentasi
0