Jilvali va hashamatli: Rossiyada oltin rangli Aurus Senat namoyish etildi

Obuna bo‘lish
Oltin rangli lyuks avtomobil Aurus Senat Peterburg iqtisodiy forumining ilk kunida namoyish etildi.

Aurus, yoxud “Kortej” loyihasi, bu davlatning birinchi shaxslari uchun mo‘ljallangan avtomobillaridir. Yangicha Aurus kabrioleti ilk bor 9-may G‘alaba paradida ishtirok etdi. 

Avtomobillar guruhiga limuzin, sedan, miniven va yo‘ltanlamas mashinalar kiradi. Aurus mashinalarining taxminiy narxi 9 million rubldan boshlanadi va tez orada sotuvga chiqarilishi lozim.

Bu yil faqat 120 ta Aurus Senat sedanlarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Ularning barchasiga dastlabki buyurmalar berib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Peterburg xalqaro iqtisodiy forum 6-iyundan 8-iyunga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0