00:41 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Odnoklassniki

Ikki “oshiq” boshqalarning koʻzini shamgʻalat qilib, shakarguftorlik qilishga ahd qilishadi. Bir-birlariga boʻlgan cheksiz muhabbatlarini bayon aylab, koʻngilxushlik qilishadi. Ularning shirin suhbati kutilmaganda oʻzgacha yakun topdi.

Hayvonlar ham insonlar singari xiyonatni kechirishmaydi. Oʻz yorini boshqasi bilan ushlab olsa, uning taʼzirini berib qoʻyishiga shak-shubha yoʻq. Bizning qahramonlar ham bundan mustasno emas.  

Oshiqlar boshqalarning koʻzinini shamgʻalat qilib, shakarguftorlik qilishga ahd qilishadi. Bir-birlariga boʻlgan cheksiz muhabbatlarini bayon aylab, koʻngilxushlik qilishadi. Ularning bu shirin suhbatiga rashkchi mushuk nuqta qoʻydi.

Maʼlum boʻlishicha, ulardan biri oʻz yoriga xiyonat qilayotgan boʻlgan. Yorini xiyonat vaqtida ushlab olgan rashkchi mushukning jazavasi qoʻzib, har ikkisini taʼzirini berishga shaylanadi. Chaqqonroq boʻlgan oshiqlardan biri uning changalidan qutilib qoladi. Ikkinchisi nima boʻlganiga oxirigacha tushunib yetmay, joyida qotib qoladi. Bir ozdan soʻng nima boʻlganini anglab, oʻtakasi yorilib ketadi va oyogʻini qoʻliga olib qochadi.

Oʻylaymizki, hammasi yaxshilik bilan yakun topgan. Mana shunday noqulay vaziyatga tushmaslik uchun hech qachon xiyonat koʻchasiga qadam koʻymagan maʼqul deb hisoblaymiz.

Yana video

Asosiy mavzular