Rossiya prezidenti Vladimir Putin SHHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga keldi.
Manas aeroportida Rossiya yetakchisini Sooronbay Jeenbekov kutib oldi.
2019-2020 yil SHHTda raislik Rossiyaga oʻtadi.
"Siz tashrif buyurganiz uchun juda xursandmiz. Biz har doim Rossiya va Vladimir Putin – bu Qirgʻizistonning eng sodiq doʻstlari deb aytamiz”, - dedi Qirgʻiziston prezidenti.
Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, barcha davlatlar xalqaro tashkilot ishida faol ishtirok etmoqda.
“Ushbu maʼnoda Bishkek xalqaro faoliyat markazi boʻldi. Hammasini yuqori darajada tashkillashtirish - bu oson ish emas. Ishonchim komilki, hammasi eng yuqori darajada oʻtadi”, - dedi Vladimir Putin.