OHICHK davlat rahbarlari uchun uyushtirilgan doʻstlik kechasi Tojikiston prezidentining shahardan tashqaridagi rezidentsiyasida boʻlib oʻtdi.
Oliy martabali mehmonlarga tojik milliy uyi, milliy hunarmandlik namunalari, milliy taomlarni tayyorlash jarayoni hamda ushbu oʻlkada yetishtirilgan meva-sabzavotlar va poliz ekinlari namoyish qilindi.
Shundan soʻng prezidentlar Varzob rezidentsiyasidan ochiladigan ajoyib tabiat manzaralarini tomosha qilishdi.