23:48 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Toshkentlik oʻymakor usta Javlon Umarov Sputnik muxbiriga oʻz kasbining sirlarini hikoya qilib berdi.

Usta Javlon Umarov aytishiga qaraganda yogʻoch oʻymakorligida asosan yongʻoq daraxtidan foydalaniladi, chunki ushbu yogʻoch murakkab naqshlar tushirilganda ham yorilib ketmaydi.  

Dastlab yongʻoq yogʻochi 15-20 yil davomida quritiladi. Daraxt yoshi qancha katta boʻlsa yogʻoch sifati shunchalik yaxshi boʻladi. Mana shu yogʻochlarning yoshi 100 yildan oshgan.

"Yogʻoch bilan ham gaplashishni bilish kerak. Yogʻoch tolalari hal tomonga oʻsgan boʻladi. Gaplashishni bilmasangiz yogʻoch bilan ishlash qiyin", - deydi usta.

Undan keyin stanokda boʻlajak likobchaning shakli beriladi. Shaklga qalam bilan naqshlar chiziladi va ushlab kesib olina boshlaydi. Buning uchun turli shakllarga ega boʻlgan asboblardan foydalaniladi. Odatda har bir naqsh uchun oʻzining maʼlum uskunalari bor.

Naqshlar kesib olinganidan keyin ularning ichiga chakich bilan nuqta-nuqta qoʻyib chiqiladi.

Shundan soʻng mahsulot qumli qogʻoz bilan yaxshilab silliqlanib chiqiladi va laklanadi.

Ushbu kasbning asosiy siri – qilayotgan ishingiz oʻzingizga yoqishi kerak. Mehr berib ishlash kerak. Oʻshanda ish yaxshi chiqadi. Keyin usta doimo izlanishi kerak.

Yana video

Asosiy mavzular