Bir necha soniya hammasini hal qildi: ona o‘g‘lini mo‘’jiza sabab qutqarib qoldi – video

Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqda ayol o‘g‘lini qandaydir mo‘’jiza bilan o‘limdan qutqarib qolgani aks etgan video keng tarqalmoqda.

Ushbu voqea Kolumbiyadagi Medelin shahrida sodir bo‘ldi. Ayol kichik yoshdagi o‘g‘li bilan qurilish kompaniyasi ofisiga keladi. Liftdan chiqib, ayol o‘z telefoni bilan ovora bo‘ladi. Qarovsiz qolgan bola zinapoyaga yaqinlashib, oraliqdan pastga tushib ketishiga bir bahya qoladi.

Ayol so‘nggi soniyalarda o‘g‘lini oyog‘idan ushlab qolib, uni o‘limdan asrab qoladi.

Shu bois  kattalarga o‘z bolalari bilan ko‘chaga chiqqanda iloji boricha telefondan foydalanmaslikka yoki bolalarini bir soniyaga bo‘lsa ham qarovsiz qoldirmaslik tavsiya etiladi. Kichik yoshdagi bolalar qiziquvchan bo‘lishadi va ularning o‘ylamasdan qilgan harakatlari ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarishi hech gap emas.

Yangiliklar lentasi
0