Gruziya sayyohlarni qanday qilib qo‘shnilarga “sovg‘a” qildi - video

Obuna bo‘lish
Turizm – mamlakat budjetini to‘ldirishning asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Gap million dollar haqida ketmoqda, ularni ishbilarmonlar va davlat yo‘qotdi.

Ko‘pchilik rossiyaliklar Gruziyaga sayohat qilishdan voz kechmoqda. Buning sababi aniq. Tbilisida norozilik namoyishlari fonida Rossiyaga qarshi kayfiyatlar kuchaymoqda, ko‘pchilik o‘z xavfsizligi uchun qo‘rqmoqda. Namoyishlar 5 kundan ortiq davom etmoqda.      

Afsuski, bu Gruziya iqtisodiyotiga ta’sir qilmasdan qolmadi, xususan turizm - mamlakat budjetini to‘ldirishning asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Gap million dollar haqida ketmoqda, ularni ishbilarmonlar va davlat olmaydi.

Boshqa davlat turistlari Gruziyaga borishni istashadimi, bu noma’lum, u yerda namoyishlar va mitinglar davom etmoqda.

Ko‘pchilik ekspertlar fikriga ko‘ra, sayyohlar hordiq chiqarish joy sifatida Gruziyaga “qo‘shni” bo‘lgan mamlakatlarni tanlashadi.

Sakkizinchi iyuldan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Gruziyaga Rossiya aviatashuvchilarga parvoz qilishni taqiqlash to‘g‘risida qaror kuchga kiradi. Bu kavkaz respublikasida rusofob holati kuchayishi fonida qabul qilindi.  Ko‘pchilik sayyohlar mamlakatga borishni istamayapti.

Noroziliklar Gruziyaga qanchalik qimmat bo‘lishini video lavhamizda tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0