Malamut zotli itlar uy bekasini kutib olishdi  

Obuna bo‘lish
Itlar hechqachon odamdan xafa bo‘lishmaydi va aksincha ko‘rsatilgan mehribonlik uchun minnatdorlik bildirishadi.

Ikki ulkan malamut zotli itlar safardan qaytib kelgan uy egasini ko‘rishdan juda xursand bo‘lishdi. Dastlab ayol kishi ko‘rpa ostiga yashirinib o‘zini ko‘rsatmadi, lekin itlar uning hidini sezib u qaytib kelganini bilishdi.

Ayol kishi ko‘rpadan boshini chiqarishibilanoq, itlar darhol uning yuzini yalashga tushishdi. Shu dam ularning mutlaq baxtli ekanini dumini quvnoq likkillatishidan bilsa bo‘lardi.

It insonni do‘sti deb bejizga aytishmaydi. Darhaqiqat itlar o‘z egasiga juda sadoqatli bo‘lishadi. Ular hechqachon odamdan xafa bo‘lishmaydi va aksincha har bir ko‘rsatilgan mehribonlik uchun minnatdorlik bildirishadi. Ba’zan itlarga qarab turib odamlarning kamchilligi ko‘pligini tushanadi kishi.

Yangiliklar lentasi
0