Birinchi karting musobaqasining eng yorqin lahzalari - video

Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida “Yoshlar-karting” ommaviy sport musobaqalari o‘tkazildi. Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan 70 dan ortiq yosh karting ustalari orasida o‘zbekistonlik g‘alaba qozondi.

30 iyun kuni Toshkent shahrida Yoshlar kuni doirasida “Yoshlar-karting” ommaviy sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqa shahar poygasi shaklida, 1,5 kmga yaqin masofada bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar o‘rtasida sportning ekstremal turlarini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada mamlakatning mohir sportchilari qatori Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan 70 dan ortiq yosh karting ustalari o‘zaro kuch sinashishdi.

Musobaqa yakuni ko‘ra o‘zbekistonlik Jamoliddin Mirhosilov ustunlikka erishdi.

Sputnik O‘zbekiston muxbiri musobaqaning yorqin va unutilmas lahzalarini tasvirga oldi. Ushbu videolavha e’tiboringizga havola qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0