02:29 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
© Ruptly .

Sobiq Ittifoqdan yana bir yodgorlik – dunyodagi yagona radio-optik teleskop.

Armaniston togʻlarida joylashgan ushbu anitiqa optik radioteleskop sovet davrining mashhur radiotoʻlqinlarni oʻrganuvchi olimlaridan biri Paris Geruni tomonidan 1980 – 1987 yillarda qurilgan. Radioteleskop koinotning yaqin qatlamlarini kuzatish uchun moʻljallangan. Uning takrorlanmas xususiyati shundaki – asosiy nur qaytaruvchi “tarelkasi” qimirlamaydi, buning oʻrniga ikkilamchi “tarelka” asosiy tarelka boʻylab harakatlanadi va istalgan nuqtaga “fokus” qilinishi mumkin.

Radioteleskop togʻdagi tabiiy chuqurlikdan foydalangan holda, qurilgan. Shu sababli u juda qisqa vaqt ichida va nisbatan arzon narxda qurilgan – 3,5 million rubl. Xuddi shunday oʻlchamdagi parabolik teleskop 10 baravar qimmatga tushgan boʻlardi.

Ha aytmoqchi, markaz, yaʼni Moskva ushbu teleskop qurilishiga qarshi boʻlgan. Shu sababli olim Geruni ushbu teleskopni oʻzi boshqargan institut topayotgan daromad evaziga qurgan. Daromadni esa harbiylar uchun ishlab chiqarilgan radiotoʻlqinli radarlardan olingan.

Bugungi kunda ham ushbu teleskop juda yaxshi saqlanib qolgan, lekin hozir u ishlamaydi, konservatsiya qilingan. Undan kelajakda yosh olimlarni oʻqitish maqsadida foydalanish rejelashtirilmoqda. 

Yana video

Asosiy mavzular