06:22 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Odnoklassniki

Toshkentda shifokor qahramonlik koʻrsatdi: ota-onasi tomonidan klinik oʻlim holatida olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qoldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda video tarqaldi. Unda shifokorlar nafas olishii toʻxtab qolgan bolakayga yordam koʻrsatayotgani aks etgan.

OAVlar maʼlum qilishicha, bu hodisa Toshkentdagi xususiy LOR-shifoxonalardan birida sodir boʻldi.

Bu hodisadan oldin koʻchada toʻsatdan bolaning harorati koʻtarilib, titrab-qaqshaydi va mazasi qochadi.

Yaxshiyamki, yaqinda shifoxona joylashgan ekan, ota-ona bolani u yerga olib keladi.

Shifoxonada bolaga Toshkentda mashhur boʻlgan otolaringolog Sergey Vladimirovchi Tobias yordam beradi.

Shifokor hech qanday maxsus vositalarsiz bolaga yordam beradi. Bola nafar olishni boshlagandan soʻng, shifokor bolakayni baxtli onaga qaytarib beradi.

Yana video

Asosiy mavzular