Toshkent markazida gondola - qayiqlar ishga tushdi

Obuna bo‘lish
Toshkent markazidagi Bo‘zsuv kanalida 4ta gondola-qayiqlar aholiga sayr xizmatlari ko‘rsata boshladi.

Kecha 21-iyuldan boshlab “Bo‘zsuv” kanalining Minor masjidiga tutash hududda gondola shaklidagi qayiqlarda sayr qilish maskani ochiladi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Park v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Bo‘zsuv kanali bo‘yida bog‘ barpo etiladi

Xabaringiz bor, o‘tgan davr mobaynida mazkur hududda obodonlashtirish ishlari olib borilib, kanal atrofi tozalandi, qirg‘oq bo‘ylari mustahkamlandi. Aholi dam olishi, madaniy hordiq chiqarishi uchun talab etilgan sharoitlar yaratildi. Jumladan, o‘rindiqlar, yoritgichlar o‘rnatildi, bepul WiFi hudud tashkil etildi. Shuningdek, tadbirkor tomonidan 4 ta 4 kishilik “Gondola” qayiqlari hamda 1 ta 8 kishilik motorli sayr qayig‘i olib kelindi.

Endi ushbu maskan yurtdoshlarimiz va shahrimiz mehmonlari suv bo‘yida maroqli hordiq chiqarishlari uchun xizmat qiladi, - deyilgan xabarda.

Gondola – bu an’anaviy uslubda yasalgan qayiqlar, Venetsiya shahrining timsollaridan biri hisoblanadi. Bir necha yuz yillar davomida Venetsiya aholisi ushbu qayiqlardan asosiy transport vositasi sifatida foydalanib kelmoqda. Odatda gondolada bir yo ikki nafar eshkakchi bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0