16:13 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
© Ruptly .

AQSH harbiylari Suriya-Iroq chegarasida 2700 nafar arab millatiga mansub diversant-jangarilarni tayyorlamoqda.

AQSH harbiylari Suriyaning va Iroq bilan chegaradosh boʻlgan Et-Tanf shahri yaqinida, yangi jangari guruhlarini tayyorlamoqda, dedi Rossiya Bosh shtabi Operativ boshqarish qoʻmondoni Sergey Rudskoy.

Xususan, Et-Tanf atrofida 55 km boʻlgan hudud chegarasida AQSH instruktorlari “Magovir as-Saura” nomli yirik jangovar toʻda va yana bir necha kichik jangovar guruhlar tayyorlamoqda.

“Arab avlodlari armiyasi” deb nomlangan ushbu terrorchi guruhlar 2700 kishini tashkil qiladi. Et-Tanfda tayyorgarlikdan oʻtgan jangarilarning bir qismi AQSH harbiylari tomonidan Yevfrat ortiga tashlanmoqda.

Eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan jangarilar esa Suriya hukumati qoʻshinlari qoʻl ostida boʻlgan hududlarga yuborilmoqda. Ularning asosiy vazifasi qoʻpruvchilik harakatlari bilan shugʻullanish, neft va gaz obʼyektlarini yoʻq qilish va hukumat kuchlariga qarshi teraktlar amalga oshirishdir.

Ana shunday guruhlar Es-Suvayda, Palmira va Abu-Kamal aholi punktlarida aniqlangan.

Yana video

Asosiy mavzular