16:14 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Roʻziyev ham Yakkabogʻda jamoatchilik bilan uchrashib, boʻlib oʻtgan voqealar uchun uzr soʻradi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Roʻziyev ham Yakkabogʻda jamoatchilik bilan uchrashib, boʻlib oʻtgan voqealar uchun uzr soʻradi.

“Hurmatli blogerlarimizdan, jurnalistlarimizdan, shu masalada aziyat chekkan tadbirkorlarimizdan taʼzim qilib, kechirim soʻrayman! Ana shu masalada biz juda katta xatoga yoʻl qoʻydik. Bundan bu yogʻiga har bir inson bilan individual ravishda ishlaymiz, har bir oila bilan alohida shugʻullanamiz”, - dedi Qashqadaryo viloyati hokimi.

Shuningdek, u oʻz murojaatida imkon berilsa “buzilsin, olib tashlansin, qoʻporilsin”, degan siyosatdan mutlaqo voz kechishini maʼlum qilgan.

Avvalroq Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov xalqdan uzr soʻragani xabar qilingan edi.

Eslatib oʻtamiz, Yakkabogʻ tumani hokimi oʻrinbosari Mansur Tuymayev "Hisor Sarlochin" kompaniyasiga tegishli savdo doʻkonlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi fuqaro Bahriddin Isomov oʻziga tegishli savdo doʻkonini buzilishiga faol qarshilik koʻrsatib, Tuymayevning yuziga yelim idishda boʻlgan benzinni sepib, uni yoqib yuborgan edi.

Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida qurilish borasida sustkashlikka yoʻl qoʻygan va xalqning katta noroziligiga sabab boʻlayotgan rahbarlarni, jumladan, Fargʻona, Xorazm va Qashqadaryo viloyati hokimlarini qattiq tanqid ostiga olib, mamlakat obroʻsini nafaqat xalq, balki butun jahonga sharmanda qilayotganini qayd etib, xalqdan kechirim soʻrashlarini buyurdi.

Yana video

Asosiy mavzular