19:43 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
© Ruptly . TK "Zvezda"

Finalda Oʻzbekiston, Vyetnam, Kuba va Uganda harbiylari ishtirok etadi.

Oʻzbekiston tankchilari “Tank biatloni” ikkinchi divizioni final bosqichida ishtirok etadi.   

13 avgust kuni “Tank biatloni”da 4-chi yarim final bosqichida Oʻzbekiston jamoasi eng yaxshi natija koʻrsatib, final bosqichiga yoʻl olgandi. Oʻzbekiston tankchilar 2 soat 37 soniyada finishga yetib keldi, oʻyin davomida 10 ta nishon yakson qilindi.

Bugungi bellashuvda Oʻzbekiston, Vyetnam, Kuba va Uganda harbiylari jangovar mahoratlarini namoyish qiladi.

Musobaqada T-72 B-3 tankini boshqarish, toʻsiqlardan oʻtish, belgilangan nishonlarni yakson qilish va imkon qadar qisqa muddatda finish chizigʻiga yetib kelish vazifasini amalga oshirishdi.

Eslatib oʻtamiz, 3-17 avgust kunlari Moskva viloyatining Alabino poligonida “Tank biatloni” musobaqasi oʻtkazilmoqda. Oʻzbekiston tankchilari bu musobaqada birinchi marta ishtirok etmoqda.

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Yana video

Asosiy mavzular