19:29 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

ArMI-2019 xalqaro harbiy oʻyinlarida ishtirok etgan oʻzbekstonlik askarlar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi.

V xalqaro Armiya oʻyinlarida ishtirok etgan Oʻzbekiston harbiylarini Toshkent aeroportida karnay surnay, zarbop choponlar bilan kutib olishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida harbiylar kutib olishgan ularning safdoshlari va oila aʼzolari ham chiqishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Oʻzbekiston jamoasi ushbu yil xalqaro armiya oʻyinlarining 14 ta musbaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, desak adashmaymiz.Tank biatloni konkursida ilk bor ishtirok etgan Oʻzbekiston tankchilari ikkinchi divizionning gʻolibi boʻlishdi va yanagi yilda birinchi divizionda  ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi. 

Shuningdek oʻzbekistonlik harbiylar "Tibbiy estafeta", "Ishonchli doʻst", "Elbrus halqasi", "Razvedka aʼlochilari" va "Dala oshxonasi" tanlovlarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.

Barcha konkurslar boʻyicha umumjamoa hisobida ArMI-2019 oʻyinlrida Rossiya jamoasi birinchi, Xitoy jamoasi - ikkinchi va Qozogʻiston jamoasi uchinchi oʻringa ega boʻlishdi. 

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Yana video

Asosiy mavzular