O‘zbekiston Razanda qadimiy shaharlar festivalida ishtirok etdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan mehr bilan: Toshkent, Samarqand va Buxoro Razanda nimalarni namoyish qilishdi.

Rossiyaning Razan shahrida qadimiy shaharlar festivali bo‘lib o‘tdi. Unda yoshi 500 dan ortiq bo‘lgan shahar vakillari ishtirok etdi. Xususan, 35 mamlakatdan 55 ta delegatsiya kelib o‘z shaharlari tarixi, madaniyati va alohida xususiyatlarini namoyish qilishdi.

Festivalning asosiy maqsadi – tajriba almashish, qadimiy va zamonaviy madaniyatlarni saqlab qolish va ko‘paytirishdir.

O‘zbekistondan ushbu festivalga Toshkent, Samarqand va Buxoro vakillari kelishdi. Buxoro viloyat musiqali-drama teatri tomoshabinlarni “Buxorocha to‘y” tomoshasi bilan xushnud qildi.

Boshqa shahar vakillari ham o‘zlari tayyorlagan ko‘rgazmali materiallarni namoyish qilishdi. O‘zbekistonlik delegatsiyasi mehmonlarni nimalar bilan hayratga solganini videolavhamizda tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0