"Forsaj-9" filmini suratga olish vaqtida magazin portlatib yuborildi

Obuna bo‘lish
Tbilisi ko‘chalarida "Forsaj-9" filmini suratga olish vaqtida magazin portlatib yuborildi.

Shu kunlarda Gruziya poytaxti Tbilisi ko‘chalarida "Forsaj-9" filmi suratga olinayotgani haqida oldin ham xabar bergan edik. 

Bugun shahar markazidagi joylashgan Shota Rustaveli ko‘chasi barcha uchun yopilgan, chunki u yerda filmni suratga olish davom etmoqda. 

Ushbu ko‘chada joylashgan mehmonxonalarga sayyohlar orqa eshikdan kiritilmoqda. Shunday bo‘lsada ular arz qilishmayapti, chunki ko‘chalarda har kun qiziqarli tomoshani ko‘rish mumkin. 

Masalan, kichik do‘kon portlashi va avtomobil dumalab ketishi, yoki mashhur aktorlarning dublorlari mashina boshqarishini. Undan tashqari chiroyli va maxsus tayyorlangan avtomobillar. 

Sputnik Gruziya xabariga ko‘ra, filmni suratga olish yana 2 hafta davom etadi. 

Yangiliklar lentasi
0